Сайт работает в тестовом режиме

I Xalqaro “Bahodirlar o‘yinlari” turniri

UzEvent > Ўзбекистон минтақалари > Хоразм вилояти > I Xalqaro “Bahodirlar o‘yinlari” turniri

Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va Xorazm viloyati hokimiyati hamda O‘zbekiston Bahodirlar o‘yinlari va tosh ko‘tarish va Butunjahon World Strongmen federatsiyalari hamkorligida joriy yilning 7-9 iyun kunlari Xiva shahrida Birinchi “Bahodirlar o‘yinlari” turnirini tashkillashtirmoqda.

Mazkur xalqaro tadbir xalqimizning buyuk o‘g‘loni o‘z davrida yengilmas bahodir va ma’rifatparvar, shoir, faylasuf, so’fiy sifatida Markaziy Osiyo, Eron, Ozarbayjon, Afg‘oniston, Hindiston hududlarida tanilgan Pahlavon Mahmud xotirasiga bag‘ishlangan.

O‘zbekistondagi xalqaro turnirda ishtirok etish uchun AQSh, Braziliya, Gretsiya, Latviya, Rossiya, Ozarbayjon, Togo, Ukraina Xitoy, Hindiston, Yaponiya, Markaziy Osiyo va boshqa davlatlaridan xalqaro toifadagi sportchilar va sudyalar taklif etilgan.

Birinchi “Bahodirlar o‘yinlari”ni tashkil etilishi sport turizmi yo‘nalishida xalqaro aloqalarning rivojlantirish, jahon hamjamiyatida O‘zbekistonning ijobiy imidjini yanada yaxshilash va turizm salohiyatini targ‘ib qilishga xizmat qiladi.

Shu bilan birga, ushbu tadbirning asosiy maqsadlaridan biri mamlakatimizda yoshlarni sport bilan shug‘ullanishga va sog‘lom hayot tarzini tashviqot etishdan iborat.

Leave a Reply